Biz “Senfeng” brendining lazer dastgohlarini rasmiy distribyutor sifatida taqdim etamiz. Sortimentimizda turli quvvat va modeldagi lazer kesish uskunalari, shuningdek, metall bilan ishlovchi qo‘shimcha apparatlar mavjud. Har bir mijoz o‘z ishlab chiqarish hajmi va ehtiyojiga mos uskunani bizdan topishi mumkin.
Ha, biz faqat uskuna sotibgina qolmay, balki uni joyida o‘rnatib, to‘liq sozlab ham beramiz. Mutaxassislarimiz uskunaning to‘liq ishga tushishini nazorat qiladi va operatorlarga dastlabki o‘qitishni ham o‘tkazadi. Shu orqali mijozlarimiz apparatdan samarali foydalanishni boshlashadi.
Albatta. Biz lazer va metall apparatlarining turli murakkablikdagi ta’mirini amalga oshiramiz. Bundan tashqari, original ehtiyot qismlar va zarur aksessuarlarni zaxirada saqlab, mijozlarga tezkor yetkazib beramiz. Bu uskunaning uzoq muddat barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Asosiy faoliyatimiz O‘zbekiston bozorida yo‘lga qo‘yilgan. Biroq biz qo‘shni davlatlardagi tadbirkorlar bilan ham hamkorlik qilamiz. ALT Laser nafaqat uskunalarni yetkazib beradi, balki chet eldagi hamkorlarga ham texnik xizmat va maslahatchilik ko‘rsatib kelmoqda.
